AQSh Kongressining Vakillar palatasi o‘z spikerini iste’foga chiqardi

AQSh tarixida birinchi marta quyi palata spikeri lavozimidan chetlatildi.
Sputnik
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Kevin Makkarti AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri lavozimidan chetlashtirildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Uning lavozimidan chetlatilishi uchun 216 kongressmen ovoz berdi, 210 nafari qarshi chiqdi.
Makkartini lavozimidan chetlashtirish tashabbusi respublikachi Mett Gets tomonidan ko‘tarilgan. Uning partiyadoshi demokratlar bilan murosa qilganidan norozi bo‘lib, federal hukumat ishini to‘xtatib qo‘ymaslik uchun 45 kunlik budjetni qabul qilishni ta’minlagan.
U, shuningdek, Makkartini AQSh prezidenti Jo Bayden bilan Ukrainani moliyalashtirish bo‘yicha “maxfiy kelishuv”ga kelishib olganlikda aybladi. Demokratik ozchilik va respublikachilar fraksiyasining o‘ng qanoti vakillari Makkartiga qarshi birlashishdi.
"AQSh tarixida birinchi marta quyi palata spikeri lavozimidan chetlatildi. Kongressmenlar 1910-yilda ham xuddi shunday urinishgan, ammo bu muvaffaqiyatsiz bo‘lgan", — deyiladi xabarda.
Shimoliy Karolina shtatidan vakil Patrik Makgenri AQSh Kongressi Vakillar palatasining muvaqqat spikeri bo‘ladi, deya ma’lum qildi qonun chiqaruvchi.
Ovoz berishdan keyin Kevin Makkarti spikerlikdan chetlashtirilgan qonunchilarga tushuntirilganidek, qoidalarga ko‘ra, sobiq spikerning o‘zi tomonidan ko‘rsatilgan shaxs vaqtincha ish yuritadi: u bir nechta ismlarni aytdi, ro‘yxatdagi birinchisi lavozimni egallaydi.
Palatada "Klerkga taqdim etilgan ro‘yxatdagi birinchi ism - Shimoliy Karolinalik Patrik Makgenri", - deb e’lon qilindi. Makgenri doimiy spiker saylanmaguncha palataning muvaqqat spikeri sifatida ishlaydi.
NPR radiosi ma’lum qilishicha, Makkartining o‘zi Vakillar palatasi spikerlikdan iste’foga chiqish to‘g‘risidagi qaroridan keyin bu lavozimga boshqa ariza topshirmaydi.
Makkartining iste’foga chiqishi tashabbuskori bo‘lgan kongressmen Mett Gets ham uning o‘rnini egallashni istamasligini aytdi.
AQSh Kongressi Vakillar palatasi Kevin Makkartining iste’foga chiqish qaroridan so‘ng bir haftalik tanaffusga chiqdi. "Washington Post" xabariga ko‘ra, yangi spiker uchun saylovlar kelasi chorshanba kuni bo‘lib o‘tishi mumkin.

"Bu hafta Vakillar palatasi o‘z ishini yakunladi. Seshanba kuni qonunchilar qaytadi, respublikachilar forumi (yangi nomzodlar bo‘yicha - tahr.), chorshanba kuni yangi spiker saylovi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda", — deyiladi xabarda.