TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekistonlik Olga Zabelinskaya Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Veloshossening shaxsiy poyga dasturida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Olga Zabelinskaya oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Olga Zabelinskaya
© NOK
18.3 km masofaga kechgan poygada sportchi 24:36.99 daqiqa natija ko‘rsatdi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Olga Zabelinskaya
© NOK
Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlari 23-sentabrda boshlangan va u 8-oktabrga qadar Xitoyning Xanchjou shahrida davom etadi.