TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Kecha Samarqandda “Ipak yo‘li durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivalining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Tanlovga jami 11 ta film da’vogarlik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, ““Ipak yo‘li durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivali 29-sentabr – 2-oktabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi 52 davlatdan 300 dan ortiq kinoijodkorlar ishtirok etdi. Kinofestival doirasida tomoshabinlar 60 ta badiiy, hujjatli va qisqa metrajli filmlarni tomosha qilish imkoniga ega bo‘ldi.Kino yulduzlari VGIKning Toshkent shahridagi filiali muxlislari va talabalari bilan ijodiy uchrashuvlar va mahorat darslari o‘tkazdi.