Rossiyada halol kolbasada cho‘chqa go‘shti topildi

“Varonaya kolbasa Musulmanskaya” va “Doktorskaya s masom siplyat-broylerov. Xalyal” mahsulotlarida cho‘chqa DNKsi aniqlangan.
Sputnik
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Rossiyaning Sverdlov viloyatida “varonaya kolbasa Musulmanskaya” va “Doktorskaya s masom siplyat-broylerov. Xalyal” mahsulotlarida cho‘chqa DNKsi aniqlandi. Bu haqda mintaqa bo‘yicha Rossiya veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati (Rosselxoznadzor) matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, laboratoriya tekshiruvlari Karamisheva S.V. yakka tartibdagi tadbirkor va “Ravis – Sosnovskaya paranda fabrikasi” korxonasi mahsulotlarida cho‘chqa DNKsi borligini ko‘rsatgan.
Rosselxoznadzor xabariga ko‘ra, ishlab chiqaruvchilar mahsulot markirovkasi va uning haqiqiy tarkibi bir-biriga mos kelmasligi haqida xabardor qilingan.
Viloyat prokuraturasi tegishli chora ko‘rishi uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.