Qozog‘iston atom elektr stansiyasining ehtimoliy qiymati ma’lum bo‘ldi

Qozog‘istonda AES qurilishi 15 milliaord dollarga tushadi, xarajatlar miqdori AES uchun pulni qayerda va qanday shartlarda olishga bog‘liq bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Qozog‘istonda atom energetikasiga o‘tishdan boshqa yo‘l yo‘q, dedi "Qozog‘iston atom elektr stansiyalari" kompaniyasi bosh direktori Timur Jantikin 3-oktabr kuni jurnalistlarga. Sputnik Qozog‘iston xabariga asosan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat katta uran zaxiralariga ega, shuningdek, uglerodsiz iqtisodiyotga erishish maqsad qilgan.
“Bu, ehtimol, 15 milliard dollarga tushadi, chunki ikki blokli stansiyani qurish uchun kapital xarajatlar smetasi qurilish vaqtini hisoblamaydi. U yerda bizning narxlarimiz 6 dan 12 milliard dollargacha bo‘ladi. Biz turli moliyaviy-iqtisodiy modellarni hisoblab chiqdik, bu ko‘p jihatdan pulni qanday sharoitda olishimizga bog‘liq”, — dedi Jantikin.
Kompaniya bosh direktori AESni yaratishning rasmiy tartib-qoidalari 5-yilga cho‘zilishi va stansiya 2034-yilda to‘liq ishga tushishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bo‘lajak AESda ikki konturli energetik reaktor o‘rnatiladi. Bu esa chiqindi suvlarni Balxash ko‘liga tashlanishining oldini oladi.
Avvalroq Qozog‘iston hukumati atom elektr stansiyasi qurilsa, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘lishini ta’kidlagan edi. Uning ishlashi xavfsizligini ta’minlash va kadrlar bazasini yaratish Ostonada atom elektr stansiyasini yaratishning muhim shartlari sifatida ko‘rilmoqda. O‘z navbatida "Rosatom" Qozog‘istonga noyob va eng xavfsiz texnologiyalarni taqdim etishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Rossiya, Xitoy, Fransiya va Janubiy Koreya kompaniyalari loyihalarini ko‘rib chiqib, AES pudratchisini tanlashini ma’lum qilgan. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, sentabr oyida, AES borasida aholi orasidagi tortishuvlarga nuqta qo‘yish maqsadida atom elektr stansiyasi qurish bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkazishni taklif qilgan edi.