Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Oq uy Ukrainani uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ yetishmasligini ma’lum qildi

Oq uy Qo‘shma Shtatlarda faqat Kiyevga shoshilinch harbiy yordam ko‘rsatish uchun mablag‘ borligini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Qo‘shma Shtatlarda Kiyevni uzoq muddatli harbiy qo‘llab-quvvatlash uchun pul yo‘q. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karine Jan-Per brifingda ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

"Mablag‘lar Ukrainaning jang maydonidagi favqulodda ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli, ammo bu uzoq muddatli yechim emas", - dedi u.

Jan-Perning so‘zlariga ko‘ra, Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkartining mamlakatni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga va’dasini inobatga olib, Ukraina zarur yordamni olishiga Oq uyning ishonchi komil.
Keyinroq Davlat departamenti matbuot kotibi Mett Miller Kiyev bilan uzoq muddatli shartnoma loyihalarini muzlatilishi haqida e’lon qildi.
Bir kun avval AQSh prezidenti Jo Bayden hukumat ishlarini 45 kunlik muddatga – 17-noyabrgacha davom ettirishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Biroq hujjatda Ukraina ehtiyojlari uchun mablag‘ ajratish ko‘zda tutilmagan.
Baydenning Kongress tomonidan ma’qullangan qonunni imzolashi so‘nggi haftalarda mamlakatga tahdid soladigan “shatdaun”, ya’ni 1-oktabrda boshlanishi mumkin bo‘lgan federal hukumat faoliyatini to‘xtatib turish bilan bog‘liq noaniqlikni yo‘q qildi.
O‘tgan yilning bahorida Moskva Shimoliy Atlantika ittifoqi mamlakatlariga Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berilgani yuzasidan nota yuborgan edi. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov qurol-yarog‘ bo‘lgan har qanday yuk Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va NATO mojaroda nafaqat qurol-yarog‘ yetkazib berish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda kadrlar tayyorlash orqali ham bevosita ishtirok etmoqda.
Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Kiyevga G‘arbning harbiy yordami Rossiya-Ukraina muzokaralari muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmaydi va salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
AQSh soliq to‘lovchilaridan emas, Ukrainadan xavotirda — Marjori Teylor