TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.
Mudofaa vazirligi 3-oktabr hisoboti:
Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Klesheyevka va Krasnogorovka aholi punktlari hududlarida UQK kuchlari hujum guruhlari tomonidan uchta hujumni qaytardi. Dushmanning kunlik yo‘qotishlari 285 nafar harbiy xizmatchi (qurbonlar va yaralanganlar), 7ta texnikani tashkil qildi. Artillayeriyaga qarshi jang vaqtida Ukrainaning "Grad" reaktiv tizimi jangovar mashinasi, Fransiyada ishlab chiqarilgan "Caesar" o‘ziyurar gaubitsasi yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi Torskoe va Grigorovka aholi punktlari hududlarida UQKning 67-mexanizatsiyalashgan brigadasi va Milliy gvardiyasining 5-brigadalarining uchta hujumini qaytardi. Dushman 65 nafar harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina va ikkita yuk mashinasini yo‘qotdi. Artilleriyaga qarshi jang vaqtida "Akatsiya", D-20 va D-30 gaubitsalari yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" kuchlar guruhi Zaporoje viloyati Priyutnoe qishlog‘i hududida 128-hududiy mudofaa brigadasining hujumini qaytardi. DXRning Urojaynoe va Novomixaylovka aholi punktlari hududlarida UQKning 58-moto-o‘qchi va 72-mexanizatsiyalashgan brigadalarining shaxsiy tarkibi va texnikasiga zarba berdi. Dushman yo‘qotishlari 120 dan ortiq harbiy xizmatchi, bir tankni, ikkita zirhli jangovar mashinasini, oltita avtomashinani va D-20 gaubitsasini tashkil qildi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" kuchlar guruhi Xarkov viloyatining Sinkovka, Zagoruykovka, Berestove va Novolubovka aholi punktlarida UQKnnig 25-havo-desant brigadasi, 14-, 92- va 115-mexanizatsiyalashgan brigadalarining ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi. Kun davomida 60 nafargacha ukrainalik harbiylar, ikkita tank va "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi yo‘q qilindi.
Zaporoje yo‘nalishida Rossiya kuchlari Malaya Tokmachka, Novodanilovka aholi punktlari va Rabotino qishlog‘i shimolida UQKning 65 va 118-mexanizatsiyalashgan brigadalarining ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi. Natijada 90 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita bronetransportor va uchta avtomobil yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, artilleriyaga qarshi jang paytida AQShda ishlab chiqarilgan M119 tortma gaubitsa, "Msta-B" va D-20 gaubitsalari yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida masofali zarabalar natijasida UQKning 45 nafargacha harbiy xizmatchilari yo‘q qilindi va yaralandi, uchta avtomashina, "Akatsiya" o‘ziyurar gaubitsasidan va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va uchuvchisiz apparatlari UQKning 122 ta hududda joylashgan shaxsiy tarkibi va harbiy texnikasiga zarba berdi. DXRning Burlatskoe aholi punkti hududida "Buk" zenit-raketa majmuasi pozitsiyasiga zarba berildi.
Xarkov shahrida UQK zirhli transport vositalarini ta’mirlash va tiklash ustaxonalariga zarba berildi. Pavlograd shahri hududida qattiq raketa yoqilg‘isi va portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi korxona sexlari vayron qilindi. Shuningdek, Xarkov viloyatining Kupansk shahri hududida Ukraina Qurolli kuchlarining 41-mexanizatsiyalashgan brigadasining qurol-yarog‘ ombori yo‘q qilindi.
Havo mudofaa tizimlari kun davomida ikkita AQShda ishlab chiqilgan HIMARS raketasini tutib oldi.
Bundan tashqari, Ploshanka, Makeyevka, Krasnaya Gora, Shevchenko, Pobeda, Oktabrskoe, Verbovoe, Mirnoe, Novoe, Peschanoe, Golaya Pristan aholi punktlari hududlarida UQkning 58 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 483 ta samolyot, 250 ta vertolot, 7 417 ta uchuvchisiz uchish apparati, 440 ta zenit-raketa tizimi, 12 275 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1160 ta ko‘p martalik jangovar texnika, raketa tizimlari, 6634 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 13721 dona maxsus harbiy avtomobillaridan mahrum bo‘ldi.