TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Kanada parlamentida sobiq SSchi olqishlanganini oqlashga urinayotgan mamlakat bosh vaziri Jastin Trudoga qarash achinarli, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kanada parlamenti spikeri aynan natsist olqishlanayotganini bilgan.
"Har qanday sog‘lom fikrlovchi kishi, vaziyat Trudo tasvirlashga urinayotgani kabi bo‘lmaganini tushunadi deb o‘ylayman. Albatta, hamma hamma narsadan xabardor bo‘lgan , parlament spikeri ham, maxsus xizmatlar ham – axir u taniqli odam. Natsist o‘z qarashlarini yashirmagan, ko‘pchilik uni bilardi. Trudo esa bir nimalar deyapti, unga qarash achinarli, yana bosh vazir emish. U Zelenskiy bilan birga qarsak chaldi va natsistni olqishlab, mushtini tepaga ko‘tardi. Albatta, hamma bilardi”, - dedi Lavrov.
“Biroq eng achinarlisi, Trudo uzr so‘rashga jur’at qilib, kechirim so‘radi ham, faqat u kimdan uzr so‘radi – ular bilan birga bu arbobni natsistcha olqishlagan ukrainaliklar va Zelenskiy oldida. Qanday sharmandalik!”, - deya qo‘shimcha qildi Lavrov.