Farg‘onada 1,4 milliard so‘mlik noqonuniy tovarlar musodara qilindi

Farg‘ona viloyatidagi uylardan birida 1,4 milliard so‘mlik noqonuniy saqlanayotgan dori vositalari va tamaki mahsulotlari topildi.
Sputnik
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida 1 milliard 406 million so‘mlik dori vositalari va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi. Bu xaqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan.
Farg‘onadagi xonadonda 1 milliard so‘mdan oshiq mahsulotlar saqlangani aniqlandi
"Tadbir davomida umumiy qiymati 1 milliard 406 million so‘mlik 292 mingdan ziyod sifati kafolatlanmagan dori vositalari va 30 ming quti aksiz markalari bo‘lmagan tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan", — deyiladi xabarda.
Farg‘onadagi xonadonda 1 milliard so‘mdan oshiq mahsulotlar saqlangani aniqlandi
Mahsulotlar fuqaro T.V. xonadonida noqonuniy saqlangan. Ularning xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlari bo‘lmagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.