Buxoro shahriga yangi prokuror tayinlandi

Sobir Qurbonov Buxoro shahar prokurori lavozimiga tayinlandi.
Sputnik
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Buxoro shahriga yangi prokuror tayinlandi. Bu haqda Buxoro viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan Sobir Qurbonov Buxoro shahar prokurori lavozimiga tayinlandi.
Sobir Qurbonov Buxoro shahar prokurori lavozimiga tayinlandi.
Qurbonov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Peshku tuman prokurori lavozimida ishlagan.
Bundan avvalgi Buxoro shahar prokurori Ibrohim Rasulov Bosh prokuraturaning Yoqilg‘i-energetika sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.