TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Tailand poytaxti Bangkokdagi “Siam Paragon” savdo markazida otishma ro‘y berdi.
Otishma oqibatida 3 kishi qurbon bo‘lgan, yana uch kishi jabrlangan, deya yozadi “ Reuters” agentligi.
“Bangkokbiznews” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, otishmani 14 yoshli o‘smir uyushtirgan.
“Khaosod” gazetasi mamlakat bosh vaziri Settxa Txavisin voqea joyiga yo‘l olganini xabar qildi.