TOShKENT, 2 okt — Sputnik. “Turkish Airlines” aviakompaniyasining Toshkent — Istanbul yo‘nalishidagi THY-371 reysi bekor qilindi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, jadvalga ko‘ra bortida 265 nafar yo‘lovchi bo‘lgan A-333 samolyoti Toshkent vaqti bilan 02:35 da parvoz qilishi kerak edi. Ammo samolyotda texnik nosozlik aniqlangani sababli parvoz kechiktirilgan. Yo‘lovchilar kutish zaliga joylashtirilib, issiq ovqat bilan ta’minlangan.
“Ertalab aviakompaniya tomonidan ushbu reysni bekor qilishga va yo‘lovchilarni boshqa reyslarda Istanbulga tashishga qaror qilindi”, - deyilgan xabarda.
Yo‘lovchilarga issiq ovqat va mehmonxonada joylashish ham taklif qilingan.