TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Joriy yilning 1–5 oktabr kunlari Samarqandda Markaziy Osiyo yoshlar ekologik maktabi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Yoshlar eko-hamjamiyati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, unda interfaol mahorat saboqlari, treninglar, xalqaro ekspertlar ishtirokida ekologik mas’uliyat va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish mavzusida muhokamalar bo‘lib o‘tadi.
© Molodejnoe eko-soobshestvo
Shuningdek, Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha Markaziy Osiyo strategiyasi birgalikda ishlab chiqiladi.
Forumda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston ekofaollarining 60 nafardan ziyod yetakchisi qatnashmoqda.