Poytaxtning ayrim ko‘chalarida transport harakati cheklandi — xarita

Ta’mirlash ishlari doirasida ko‘prik yo‘li orqali avtobuslar va yuk transportining harakati vaqtinchalik cheklandi.
Sputnik
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. 1-oktabrdan boshlab Toshkent xalqaro aeroporti va Bobur ko‘chasini bog‘lovchi ko‘prik yo‘lini ta’mirlash ishlari doirasida ko‘prik yo‘li orqali avtobuslar va yuk transportining harakati vaqtinchalik cheklandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shu munosabat bilan mazkur ko‘chalar orqali harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlarining harakati quyidagicha tashkil etiladi:
67, 76, 94-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko‘chasidagi Yakkasoy TIIB bekatida qisqartiriladi;
11, 40, 45-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko‘chasidan Nukus, A.Qahhor, A.Qahhor-7, Kichik Beshog‘och, Kichik halqa yo‘li, Sariko‘l, Temiryo‘lchilar, H.Aliyev, Lokomotiv, Qumariq ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘ylab vaqtinchalik o‘zgartiriladi;
61, 106-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati Aeroport-2 bekatida qisqartiriladi;
47, 77-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko‘chasidan Nukus, A.Qahhor, A.Qahhor-7, Kichik Beshog‘och, Kichik halqa yo‘li, Sariko‘l, S.Banokatiy, Lokomotiv, Qumariq ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘ylab vaqtinchalik o‘zgartiriladi.
Dvijenie avtobusnix marshrutov