TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Joriy yil 2-11 oktabr kunlari O‘zbekistonda O‘zbekiston – Ozarbayjon sog‘liqni saqlash dekadasi o‘tkaziladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uning doirasida ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va hududlardagi yetakchi davolash muassasalarida yuqori texnologik operatsiyalar, qo‘shma amaliyotlar, mahorat darslari, kattalar va bolalarda kam invaziv xirurgiya, oftalmologiya, onkologiya va ginekologiya kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish, farmatsevtika, xalq tabobati, tibbiy ta’lim va ilm-fan sohalarida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish muhokamalar markazida bo‘lishi kutilmoqda.