TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Tibbiyot bo‘yicha 2023-yilgi Nobel mukofoti Katalin Kariko va Dryu Vaysmanga berildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Ushbu olimlarning molekulyar biologiya sohasidagi kashfiyoti "Moderna" va "BioNTech/Pfizer" vaksinalarini yaratishga yordam bergan.
"SOVID-19 ga qarshi samarali mRNK vaksinalarini ishlab chiqishga yordam bergan nukleozid asoslarini modifikatsiya qilishga oid kashfiyotlar uchun", — deyiladi Karolinska tibbiyot institutining Nobel qo‘mitasi bayonotida.
Lekin mRNK vaksinalardan foydalanish tajribasidan kelib chiqqan holda ko‘pgina tibbiyot mutaxassislari ushbu vaksinalar miokardit yoki perikardit kabi xavfli oqibatlar keltirib chiqarganini ta’kidlashdi.
JSST miokardit yoki perikarditni mRNK vaksinalarning nojo‘ya ta’siri sifatida tan oldi, ammo tashkilot bunday holatlar sonini "kamdan-kam" deb hisobladi. Biroq 2021-yilda Finlyandiya, Shvetsiya va Daniya Amerikaning "Moderna" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan "Spikevax" vaksinasini yosh erkaklar uchun foydalanishni taqiqlab qo‘ydi.
Rossiya Qurolli kuchlarining radiatsiyaviy, kimoviy va biologik mudofaa kuchlari boshlig‘i, general-leytenant Igor Kirillov ham "Pfizer" vaksinasi qo‘llanilganda miokardit rivojlanishi xavfi borligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar mavjud, degan edi.
"2021 yil aprel oyidan beri "Moderna" Qo‘shma Shtatlarda mRNK vaksinalari bilan emlashdan keyin miokardit va perikardit holatlari ko‘payganini xabar qildi, ayniqsa o‘smirlar va 16 yoshgan oshgan erkaklar orasida. Patologik o‘zgarishlar odatda emlashdan so‘ng bir necha kun ichida sodir bo‘ladi va ko‘pincha ikkinchi dozani olgandan keyin", — degan edi Kirillov.
Kirillov aytishiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda ana shunday mRNK vaksinalari ishlab chiqarish 2017-yilda boshlangan.