Mask doimo pul so‘raydigan Zelenskiy ustidan kuldi

Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida qizning yonida “qizarib bo‘zarib” o‘tirgan Zelenskiy aks etgan memni joyladi.
Sputnik
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning G‘arb mamlakatlariga hamisha harbiy yordam so‘rash iltimoslariga mem bilan munosabat bildirdi.
Mask o‘zining X (ilgari Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida qizning yonida “qizarib bo‘zarib” o‘tirgan o‘smir aks etgan memni joyladi. Mem qahramoni yuzining o‘rniga Zelenskiy yuzi tasvirlangan. Bu mem odatda kishi biror narsani qilishni yoki aytishni juda xohlayotgan, biroq o‘zini tiyib turishga majbur bo‘lgan vaziyatni ta’riflash uchun ishlatiladi.

Surat quyidagi so‘zlar bilan joylashtirilgan: “Besh daqiqa o‘tdi, sen esa haliyam 1 milliard dollar haqida yordam so‘ramagan vaqtda”.

Avvalroq Mask AQSh siyosatchilari o‘z mamlakatidan ko‘ra Ukraina chegarasi haqida 100-marta ko‘proq qayg‘urishini aytgan edi.
Yakshanba kuni AQSh prezidenti Jo Bayden hukumat ishini moliyalashtirishni 45 kunga davom ettirishga imkon beruvchi Kongress ma’qullagan qonunni imzoladi. Hujjat Ukrainaga mablag‘ ajratishni ko‘zda tutmaydi.