Do‘stlarimdan uyalardim — chiqindi yig‘ish punkti xodimining hikoyasi

Toshkentdagi eng noodatiy chiqindixona xodimi o‘zining yengil kechmagan hayoti haqida hikoya qilib berdi.
Sputnik
Timur Dashdamirov Toshkentdagi chiqindi yig‘ish punktida ishlaydi. U o‘z ish joyini toza tutishga va imkon qadar o‘simliklar ko‘kartirib, chiroyli qilishga harakat qiladi. Shuningdek, u qarovsiz mushuklarga ham ovqat berib turadi.

"Birinchidan, o‘zimga yaxshi, ikkinchidan, odamlar toza joyni kamroq ifloslantiradi", — deydi Timur.

U o‘zining oldingi oddiy bo‘lmagan hayoti haqida hikoya qilib berdi: zavodda ishlagani va ishini yo‘qotganidan so‘ng aroq ichishni boshlagani haqida.

“Men shunchaki havaskor ichuvchi emas, haqiqiy aroqxo‘r edim. Ammo men o‘zimni qo‘lga oldim va bu odatni tashladim”, — deydi Timur.

Hozir uning hayoti o‘zgargan. U o‘z ishini yaxshi bajarishga harakat qiladi va shunga yarasha hurmatga ham ega.

“Chiqindixonada ishlaganim uchun menga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lgan odam yo‘q. Farzandlarim bu yerda ishlashimizga qarshi emas”, - deydi Timur.

Ishi oson bo‘lmasa-da, Timur bu ishdan ketishni istamaydi. U o‘z ish joyini yanada obodon va qulay qilish orzusida.
Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.