TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Rossiyalik aktrisa Yelizaveta Boyarskaya Toshkentda mahorat darsi o‘tkazdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
© Sputnik/Elina Beknazarova
Rossiyalik aktrisa Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK) Toshkent filialining yozgi maydonchasida talabalar va yosh kinoijodkorlar bilan uchrashdi.
Boyarskaya ovoz va nutq bilan ishlash sirlari haqida o‘rtoqlashdi, VGIK Toshkent filiali talabalariga talabalar biletlarini taqdim etdi, shuningdek, Toshkent shahridan olgan taassurotlari haqida gapirdi.
© Sputnik/Elina Beknazarova
“Bu yerga tashrif buyurganimiz baxt. Ajdodlarim, oilam, jumladan, Toshkent bilan aloqani yo‘qotmaslik uchun hayotimdagi o‘ta muhim voqea. Bu yerda onam tomondan oilamizning ajdodlari baxtli hayot kechirgan”, - deb ta’kidladi u.
© Sputnik/Elina Beknazarova