Futbol: O‘zbekiston 1994-yildan buyon ilk marta Osiyo o‘yinlari yarim finaliga chiqdi — foto

O‘yinning 24-daqiqasida Saidazamat Mirsaidov, 44-daqiqasida esa Alisher Odilov gol kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi chorak finalda Saudiya Arabistonini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi ma’lum qildi.
Shu tariqa, Timur Kapadze boshchiligidagi terma jamoa yarim finalga yo‘l oldi.
1 / 9
2 / 9
3 / 9
4 / 9
5 / 9
6 / 9
7 / 9
8 / 9
9 / 9
O‘yinning 24-daqiqasida Saidazamat Mirsaidov, 44-daqiqasida esa Alisher Odilov gol kiritdi.
Saudiya Arabistoni jamoasidan esa 66-daqiqada Marran gol urdi.
O‘zbekiston terma jamoasi 1994-yildan buyon ilk marta Osiyo o‘yinlari yarim finaliga chiqdi.