Xanchjou-2022: Yekaterina Voronina Osiyo o‘yinlarida ikkinchi medalini qo‘lga kiritdi

Yekaterina Voronina ko‘pkurash dasturida 6056 ochko bilan kumush medal sohibiga aylandi.
Sputnik
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Yekaterina Voronina Osiyo o‘yinlarida ikkinchi medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Yekaterina Voronina ko‘pkurash dasturida 6056 ochko bilan kumush medal sohibiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, uning hisobida Incheon-2014 Osiyo o‘yinlarining oltin medali ham bor.