Toshkentda mahalliy va xorijlik ustalar ekologik muammolarga bag‘ishlangan haykallar yasashdi

Bugun poytaxtda xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi muhtasham ko‘rgazma bilan yakunlandi.
Sputnik
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Toshkentda 10 ga yaqin davlatdan kelgan ustalar ekologik muammolarni o‘zida aks ettirgan haykallar yasashdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Toshkentda 31-avgustdan 30-sentabrgacha bo‘lib o‘tgan xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi muhtasham ko‘rgazma bilan yakunlandi.
Marmar haykallar ustida O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Eron, Italiya, Turkiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlardan 21 nafar usta ishlagan. Taqdim etilgan asarlarda ekologik muammolar, jumladan, Orol dengizi ham o‘z aksini topgan.
Barcha haykallar Toshkentga sovg‘a sifatida qoladi, ular Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi universiteti hududida o‘rnatiladi.