TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Samarqand viloyatida 5 ta katta xum topildi, deya xabar berdi Madaniy meros agentligi.
Samarqand arxeologiya instituti va Italiyaning Neapol universiteti ishtirokidagi xalqaro qo‘shma ekspeditsiya o‘tkazildi.
Samarqandda 5 ta katta xum topildi
© Agentstvo kulturnogo naslediya
Qazuv tadqiqot ishlari Pastdarg‘om tumani Chandir qishlog‘i “Do‘stlik” mahallasi hududida joylashgan “Qo‘ytepa” arxeologiya yodgorligida olib borilmoqda.
Samarqandda 5 ta katta xum topildi
© Agentstvo kulturnogo naslediya
Qazuv ishlari yodgorlikning shimoliy qismidagi uzun yo‘lagida yo‘lga qo‘yilgan.
Samarqandda 5 ta katta xum topildi
© Agentstvo kulturnogo naslediya
“Tadqiqotchilar tomonidan yo‘lak bo‘ylab joylashgan 5 dona katta xum idishi borligi aniqlandi. Taxminlarga ko‘ra, ushbu xumlardan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun foydalanilgan”, — deyiladi xabarda.
Samarqandda 5 ta katta xum topildi
© Agentstvo kulturnogo naslediya
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili tadqiqotchilar shu kabi 4 ta xumni topishgandi. Shuningdek, shu yilning mart oyida Surxondaryo viloyatida yashovchi fuqaro ariq qazish jarayonida sopol xum topib olgan. Avvalroq xorijiy mamalakatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga oid 9 mingdan ortiq osori-atiqalar aniqlangani haqida xabar berilgandi.