Qaysi hudud ko‘proq isiydi — O‘zbekistonda 1-oktabr uchun ob-havo

Prognozlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Ertaga, 1-oktabr kuni O‘zbekistonning qator hududlari +28 darajagacha isiydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Toshkentda shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +13-15, kunduzi +25-27 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8-13, kunduzi +20-25 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy Viloyatlarida Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10-15, kunduzi +23-28 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12-17, kunduzi +23-28 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10-15, kunduzi +22-27 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5-10, kunduzi +11-16 daraja bo‘ladi.