TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Toshkentda 31-avgustdan 30-sentabrgacha bo‘lib o‘tgan xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi muhtasham ko‘rgazma bilan yakunlandi.
Marmar haykallar ustida O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Eron, Italiya, Turkiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlardan 21 nafar usta ishlagan. Taqdim etilgan asarlarda ekologik muammolar, jumladan, Orol dengizi ham o‘z aksini topgan.