TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan sablyachi qizlar yarim finalga yo‘l olishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi chorak finaldan muvaffaqiyatli o‘tdi.
© NOK
“Singapurga qarshi bahs olib borgan qizlar 45:32 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l olishdi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, ushbu natija sportchilarga kamida bronza medalini naqd qildi.
Xitoyda o‘tayotgan Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari 8-oktabrga qadar davom etadi.