Dollar ko‘tarildi— 3-oktabrda amalda bo‘ladigan valyutalar kursi

Dollar so‘mga nisbatan 25,05 so‘mga qimmatlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 3-oktabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 25,05 so‘mga qimmatlashdi va 12 200,12 so‘mni tashkil qildi. Yevro 117,90 so‘mga oshdi va 12 949,21 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl esa 0,02 so‘mga arzonlashdi, 125,40 so‘mni tashkil qildi.