Toshkentda "Yurak kuni" o‘tkazildi — video

Stastistik ma’lmuotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda umumiy o‘limlar sonidan 55% yurak-qon tomir kasalliklariga to‘g‘ri keladi.
Sputnik
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. 29 sentabrda Butunjahon yurak kuni nishonlanadi. Ushbu munosabat bilan Toshkentda “Sog‘liqni asra va qadrla” shiori ostida tadbir o‘tkazildi. Unda 1000dan ortiq aholi ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tadbirda faqat kardiolog emas, balkim nevropotolog, endokrinolog tekshiruvlari ham yo‘lga qo‘yildi. Maqsad - kelgan bemorlarni chuqurroq tekshirib, to‘g‘ri tashhis qo‘yish. Chunki yurak qon tomiri kasalligi bir o‘zi emas, bir nechta kasalliklar bilan birgalikda keladi.

"Har bir inson yoshi 40dan o‘tganidan so‘ng bir yilda bir marotaba qonda xolesterin, qand miqdorini, qonning suyuq yoki quyuqligini tekshirishi hamda yurakni EKG qilib turishi kerak", - deydi shifokor Oybek O‘runov.

Stastistik ma’lmuotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda umumiy o‘limlar sonidan 55% yurak-qon tomir kasalliklariga to‘g‘ri keladi. Oxirgi vaqtlardan yurak kasalliklari hato 20 yoshli insonlar orasida ham tez-tez uchramoqda.