Shavkat Mirziyoyev Berlinda qanday kutib olindi — foto

“Berlin-Brandenburg” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Berlin federal o‘lkasi ichki ishlar, raqamlashtirish va sport vaziri Iris Shpranger va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Sputnik
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan tashrif bilan Berlin shahriga keldi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
“Berlin-Brandenburg” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Berlin federal o‘lkasi ichki ishlar, raqamlashtirish va sport vaziri Iris Shpranger va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Shavkat Mirziyoyev Berlinda qanday kutib olindi
Bugun O‘zbekiston yetakchisi Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlari sammitida ishtirok etadi, Federal prezident Frank-Valter Shtaynmayer va Federal kansler Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Tashrif dasturidan ishbilarmonlik tadbirlari ham o‘rin olgan.
Shavkat Mirziyoyev Berlinda qanday kutib olindi
Eslatib o‘tamiz, prezident 28-30 sentabr kunlari amaliy tashrif bilan Berlin shahrida bo‘ladi. Mamlakat yetakchisi Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladigan ishbilarmonlik tadbirlarida ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Kun tartibidan O‘zbekiston prezidentining joriy yil may oyidagi Germaniyaga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan investitsiyaviy, innovatsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.