Toshkentdagi omborda kuchli portlash

Sergelidagi portlashdan zarar ko‘rgan uylarning oynalari yangisiga almashtirilmoqda — video

Sergeli tumaniga ta’mirlash va tiklash uchun biriktirilgan obyektlarda ishlar davom etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan ombordagi portlashdan keyin shikastlangan uylarning derazalarini almashtirish davom etmoqda, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Sergeli tumaniga ta’mirlash va tiklash uchun biriktirilgan obyektlarda ishlar davom etmoqda. Portlash to‘lqini yo‘lida yon tomoni bilan turgan uyda romlarning deyarli barcha oynalari almashtirildi.
Doma do i posle vzriva na sklade v Tashkente.
Eslatib o‘tamiz, 28 sentabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasida joylashgan “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘inni bartaraf etish ishlariga, FVV va boshqa tegishli tashkilotlardan jami 210 ta texnika va 2000 dan ortiq shaxsiy tarkib jalb qilindi. Dastlabki o‘rganish ishlariga ko‘ra 15 ming kv.m omborxona maydonida yong‘in o‘chirilib, 30 ming kv.m maydoni saqlab qolindi.