Qirg‘iziston parlamenti rahbari O‘zbekiston IT sohasi bilan tanishdi — foto

Qirg‘iziston parlamenti rahbari Nurlanbek Shakiyev Toshkentgi IT Parkni borib ko‘rdi.
Sputnik
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Qirg‘iziston Jogorku Keneshi torag‘asi Nurlanbek Shakiyev rasmiy tashrif doirasida Toshkent shahridagi IT Park O‘zbekiston majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.
Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev hamrohligidagi delegatsiya a’zolari O‘zbekiston IT sohasidagi islohotlar bilan yaqindan tanishishdi.
Qirg‘iziston parlamenti rahbari Toshkentgi IT Parkni borib ko‘rdi
Raqamli texnologiyalar vaziri tomonidan qilingan taqdimotda mehmonlarga mamlakatda IT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Qirg‘iziston parlamenti rahbari Toshkentgi IT Parkni borib ko‘rdi
“Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik bugun sermahsul bo‘layotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Tashrif buyurgan mehmonlar bilan muloqot davomida IT eksport hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish va O‘zbekistonni IT xabga aylantirish yo‘lida kelgusidagi rejalar haqida gapirib o‘tildi.
Qirg‘iziston parlamenti rahbari Toshkentgi IT Parkni borib ko‘rdi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Qirg‘iziston Jogorku Keneshi torag‘asi Nurlanbek Shakiyevni qabul qildi. Shuningdek, Shakiyev Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva bilan ham uchrashdi.