Babiy Yarda ommaviy otib tashlashni fashistlar 1941-yil sentabrida boshlagan. 1941-yil 29-30 sentabr kunlari bu yerda Kiyevning deyarli barcha yahudiy aholisi o‘ldirilgan.
Ommaviy qatl etishda fashistlar bilan birga ukrainalik millatchilar qatnashgan. 200 minggacha kishi fashistlar bosqini vaqtida Babiy Yarda otib tashlangan.