Amerika Ukraina mag‘lubiyatini tan oldi
AQSh OAVlari Ukrainadagi janglar haqida yozganda g‘alati holat ko‘rinib qoldi: Ular tanklar, BMP va BTRlar yo‘qotishlari haqida jon kuydirib yozadi, ammo qurbon bo‘lgan minglab ukrainalik askarlar haqida biror so‘z yo‘q.
SputnikAmerika demokratiyasining jarchisi bo‘lgan “Nyu-York Tayms” aloqa chizig‘idagi biroz xotirjamlikdan foydalanib, Ukrainaning qarshi hujumi natijalarini sarhisob qildi.
Natijalar hayratlanarli bo‘lib chiqdi: Ukraina Qurolli kuchlari "hujum" davomida nafaqat ishchi kuchi va texnikada ulkan yo‘qotishlarga duch keldi, balki egallab turgan hududlarni ham yo‘qotishga muvaffaq bo‘lgan.
“Bugungi kunda Rossiya yil boshidagiga qaraganda 200 kvadrat kilometr ko‘proq maydonni nazorat qiladi”, — deya quruq ta’kidlaydi nashr.
Biz tushunishimiz kerakki, Amerika gazetasi ukrainaliklar bilan birga o‘ynashda davom etmoqda, ularning bahsli hududlardagi barcha harakatlarini g‘alaba deb hisoblamoqda va hatto ular hech narsaga erisha olmagan aholi punktlarini ham egallab olgan deyishmoqda. Lekin baribir natija faqat umidsizlik keltirmoqda. UQK frontning janubiy sektorida minimal olg‘a siljishi Rossiyaning shimoldagi oldinga siljishi bilan qoplanadi.
Maqoladan hayratlanarli xulosa shuki, Ukraina hujumi oxir-oqibat ularning chekinishi va avval egallab turgan pozitsiyalarining yo‘qotishiga olib kelgan. Demak o‘n minglab askarlar shunchaki chekinish uchun qurbon bo‘lgan.
Ukraina Qurolli kuchlarining strategiyasi Odessada yashovchi Solomon Plyar maktabidagi raqslarga juda o‘xshaydi: "bir qadam oldinga va ikki qadam orqaga".
Uch oy oldin esa amerikalik strateglar ajabtovur rejalar tuzgan edi. Iyun oyida taniqli targ‘ibotchi Enn Applebaum Ukraina Qurolli kuchlarining g‘alabali hujumi rejasini batafsil bayon qilib, yozgi bulbuldek sayragan edi.
Avvalo, Ukraina armiyasi Qrimga ta’minot yo‘llari va suv ta’minotini to‘sib qo‘yadi. Melitopol, Berdansk, Mariupolni, Donesk va Luganskni qo‘lga kiritadi. U yerdagi hamma narsani musodara qiladi. Bu orada qo‘rqib, ta’minotsiz qolgan qrimliklar yarim oroldan ommaviy ravishda qochib keta boshlaydi. Ukraina armiyasi yarim orolni jangsiz egallaydi va u yerni etnik tozalash hamda ruslar va "sotqinlarga"ga qarshi repressiyalarni boshlaydi.
Mag‘lub bo‘lgan Rossiya tinchlikni so‘raydi. U Ukraina shartlariga ko‘ra, ya’ni taslim bo‘ladi. Rossiyaning yangi subyektlari va Qrim Ukraina tarkibiga qaytadi, G‘arbda muzlatilgan mablag‘lar va aktivlar tovon puli sifatida olib qo‘yiladi. Umuman Rossiyani to‘xtovsiz to‘lash va tavba qilishga majbur qilishadi...
Ha, rejalar bisyor edi - afsuski Gollivudda ularga mos film suratga olishga ulgurishmadi. Ehtimol, bunga ssenariy yozuvchilarning ish tashlashi xalal bergan.
Xo‘sh, Ukraina g‘alabasiga nima xalal berdi?
Biz yozda qarshi hujumga nima to‘sqinlik qilganini yaxshi bilamiz: butalar, o‘tlar va yosh daraxtlar. Nemis tanklarini to‘xtatish uchun jasorat bilan ingichka shoxlarini cho‘zgan bu "yosh daraxtlar" ayniqsa ta’sirli edi.
Biroq, endi kuz keldi. Ukraina armiyasi yangi dahshatli dushmanlarga duch kelmoqda: yomg‘ir, loy va ko‘lmak hamda afsonaviy rus "loygarchiligi". Ularning barchasi Kreml tomonidan saxiylik bilan yollangan.
"Keyingi oy kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda", deyiladi "Nyu-York Tayms" ob-havo prognozida. "Bu jang maydonida Amerikaning 75 tonnali "Abrahms" tanklari yoki Britaniyaning "Challenger"lari shunchaki cho‘kib ketadi,” — deb fantastik insayd bilan bo‘lishadi demokratlar gazetasi.
Amerikalik gazetachilar uchun yana bir insayd — kuzdan keyin qish, va Rossiyaning taniqli generali — Moroz keladi. U haqiqiy diktator kabi, global isishni tan olmaydi va har doim Rossiya tomonidan jang qiladi. Katta o‘zgarish bo‘lishiga umid qilmanglar.
Frontning u yoki bu yo‘nalishda jiddiy oldinga siljishini anglatmaydigan bu urushidan kimga foyda? Rossiyalik ayrim divanda o‘tirib tahlil qiluvchilar, odatda kelinglar Kiyev, Varshava, London yoki Vashingtonga zarba beraylik, deyishadi odatda. Xo‘sh, zarba berdik ham, keyin nma bo‘ladi? Ular ham javob qaytaradi, biz birorta million kishilik shahrimizni yo‘qotishimiz mumkin. Buning nima keragi bor?
Amerikaliklar esa buning aksiga ishonadi: “mudofaa harakatlari Rossiya uchun foydalidir. <…> Rossiya strategiyasi — ukrainaliklarni hujumga o‘tishga majbur qilish, va ularning iloji boricha ko‘proq ishchi kuchi va texnikasini yo‘q qilish. Bu strategiya Ukraina uchun katta xavf tug‘diradi, chunki uning vaqti tugamoqda. “Hududiy yutuqlar bo‘lmasa, G‘arbning qo‘llab-quvvatlashi tugashi mumkin. <...> Rossiya G‘arb charchab, Ukrainadan yuz o‘girishini kutmoqda”.
Albatta, Rossiya shunchaki kutib o‘tirgani yo‘q. U maxsus operatsiyaning maqsad va vazifalarini faol amalga oshirmoqda. Ukrainani denatsionalizatsiya va demilitarizatsiya qilmoqda, shu bilan birga zamonaning eng kuchli harbiy bloki Shimoliy Atlantika ittifoqining omborlarini bo‘shatmoqda.
Mudofaa harakatlari bizning asosiy vazifamiz - inson hayotini saqlab qolishga yordam beradi. Kollektiv G‘arbning rejalari, aksincha, yo‘qotishlarni maksimal darajada oshirishdir. Bundan tashqari, ruslar ham, ukrainlar ham - G‘arb uchun hali ham bitta va qabul qilib bo‘lmaydigan darajada katta slavan xalqimiz.Uni yoki butunlay yo‘q qilish kerak yoki ular o‘nlab yillar davomida chiqa olmaydigan biror demografik tushkunlikka tashlash kerak.
Bu paradoksal narsa: G‘arbda tanklar, BMP va BTRlar yo‘qotishlari juda og‘riqli qayd etishadi, ammo odam yo‘qotishlari hech kimni qiziqtirmaydi.
Forbes 24-sentabrda Avdeyevka yaqinida UQKning navbatdagi mag‘lubiyatini quyidagicha tasvirlaydi: Ukraina askarlar qarshi hujumga o‘tishga harakat qilishdi, rus harbiylari ularni haydab chiqarishdi. Chekinish paytida UQK bir vaqtning o‘zida 8ta texnika - beshta piyoda jangovar mashinasini va uchta Polshaning "Rossomaxa" zirhli transportorlarini yo‘qotishdi, deb yozadi nashr.
Muallif kuyib ketgan texnikaga motam tutadi va ularni og‘zidan bol tomib maqtaydi: ular tezurar, yengil va kuchli qurolga ega va ular suv to‘siqlaridan o‘tish imkoniga ega bo‘lgan amfibiyalar sifatida yaratilgan, deb yozadi muallif.
Ammo Forbes maqolasida bu ma’nosiz to‘qnashuvda halok bo‘lgan va yaralangan o‘nlab yoki yuzlab Ukraina askarlari haqida bir og‘iz so‘z yo‘q.
Bu Vashington urush olib borishining klassik uslubi; u Iroq, Afg‘oniston va Yugoslaviyada qo‘llanilgan, mamlakatlarni bo‘lib tashlab bir davlat xalqini bir-biriga qarshi qo‘ygan.
Ukrainalik soxta siyosatchi va davlat rahbarlari so‘zlari bilan aytganda, "Ukraina yo Amerikaniki bo‘ladi yoki cho‘l bo‘ladi". Ukraina Qurolli kuchlari strategiyasiga qaragandan ikkinchi variant yaqinlashmoqda.