Xanchjou-2022: Hasanboy Do‘smatov qozog‘istonlik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi

Hasanboy Do‘smatov chorak finalga yo‘l oldi.
Sputnik
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan Hasanboy Do‘smatov asosiy raqobatchilaridan birini mag‘lub etdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Boks bo‘yicha Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori, qozog‘istonlik Saken Bibossinovni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu bilan u chorak finalga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlarining boks dasturida Parij-2024 Olimpiadasining yo‘llanmalari ham o‘ynaladi. Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari 23-sentabr - 8-oktabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilmoqda.
Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan bokschilar ro‘yxati e’lon qilindi