TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Sergelidagi portlashdan keyin 30 ga yaqin odam Respublika shoshilinch tibbiy yordam markaziga yotqizilgan. Bu haqda favqulodda vaziyatlarda shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Orif Inomov Sputnik muxbiriga xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, odamlar qo‘rqib ketgan, teri kuyishi va kesilishi holatlari kuzatilgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilib, uylariga ketishlariga ruxsat berilgan.
“Shifoxonaga yotqizishga hojat yo‘q edi”, dedi Orif Inomov.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 28-sentabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahrining Sergeli tumanida “Inter Logistics” kompaniyasi omborida kuchli portlash sodir bo‘ldi.
Portlash poytaxt aeroporti faoliyatiga ta’sir qilmadi. Avvalroq, portlash episentri qanday ko‘rinishda ekani ma’lum qilingandi.