Toshkent shahri Sergeli tumani Quruvchilar dahasida joylashgan "Inter Logistics" kompaniyasiga tegishli omborxonada 28-sentabrga o‘tar kechasi soat 2:43 da kuchli portlash yuz berdi.
Hodisa oqibatida omborxona atrofidagi imoratlar, turar joy binolariga zarar yetgan. Ko‘p qavatli uylardagi aksariyat xonadonlarning deraza romlari sinib ketgan. Ayrim xonadonlarning ichki qismiga ham jiddiy zarar yetgan.
Sergelidagi portlash yuz bergan vaqtida odamlar uyquda edi. Kimdir bomba portladi deb o‘ylagan, kimdir uyg‘onsa, ota-onasi uyda yo‘qligini ko‘rgan.
Hodisadan jabrlangan va guvohlar Sputnik muxbiri bilan suhbatda o‘zlarining ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi.
Batafsil videoda.