Toshkentdagi kuchli portlash hududi qanday ko‘rinishda — foto

Sergeli tumanida yong‘in kelib chiqish sababini aniqlash maqsadida FVVning maxsus laboratoriyasi hodisa joyida ish olib bormoqda.
Sputnik
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Bugun Toshkentning Sergeli tumani “Qipchoq” ko‘chasida joylashgan “Inter Logistika” MChJga tegishli omborxonada chaqnash oqibatida yong‘in kelib chiqdi.
Eng so‘nggi tezkor xabarlar, foto, video bizning (lotin/kirill). Obuna bo‘ling, tezkor xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.
1 / 9

28 sentabr kuni, soat 02:43 da Sergeli tumanida “Inter Logistics” kompaniyasi omborida kuchli portlash sodir bo‘ldi.

2 / 9

16 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3 ta avtonarvon soat 02:48 da hodisa ro‘y bergan hududga yetib borgan.

3 / 9

Yong‘in soat 05:02 da qurshab olingan.

4 / 9

Yong‘in kelib chiqish sababini aniqlash maqsadida FVVning maxsus laboratoriyasi hodisa joyida ish olib bormoqda.

5 / 9

FVV xodimlarining tezkor harakatlari natijasida yong‘in maydoni qisqartirilib borilmoqda.

6 / 9

Yong‘inni o‘chirishga Mudofaa vazirligi vertoloti jalb etildi.

7 / 9

Hozirda yong‘inni o‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda.

8 / 9

Portlash oqibatida omborxona xodimlaridan hech kim jabrlanmagan.

9 / 9

Yong‘in maydoni hamda jabrlanuvchilar soni haqidagi ma’lumotlarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

Toshkentdagi omborda kuchli portlash
Sergelidagi portlash episentri qanday ko‘rinishda — video