TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Toshkent shahri Mirobod tumanida SAZ LE60 rusumli avtobus beton ustunga urilib, yo‘l-harakati hodisasini sodir etdi. Bu haqda poytaxt YHXB axborot xizmati xabar berdi.
YTH 28-sentabr kuni soat 13:20 da tumanning Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida ro‘y bergan. 1998-yilda tug‘ilgan avtobus haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotgan va buning natijasida avtobus beton ustunga borib urilgan.
Avtobus oynasi singan, mashinaning old qismiga shikast yetgan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.