Toshkentdagi omborda kuchli portlash

Tergov jarayonida omborxonada nima saqlangani ma’lum bo‘ladi — Sergeli tuman hokimi

Sergeli tuman hokimi Elbek Shukurov: Umumiy ma’lumot 18 gektarga to‘g‘ri keladigan omborlardan birida portlash bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Sergeli tumanida joylashgan "Inter Logistics” kompaniyasi oborxonani ijaraga bergan. Bu haqda Sergeli tuman hokimi Elbek Shukurov ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Eng so‘nggi tezkor xabarlar bizning Telegram-kanalimizda (lotin/kirill). Obuna bo‘ling, tezkor xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

"Tergov jarayonida omborxona kimga ijaraga berilgani va ichida nima saqlangani haqida batafsilroq ma’lumot beriladi. Umumiy ma’lumot 18 gektarga to‘g‘ri keladigan omborlardan birida portlash bo‘lgan. 2005-yillardan beri mazkur hududda “Inter Logistics” kompaniyasi ombor sifatida faoliyat olib boradi", dedi Sergeli tuman hokimi Elbek Shukurov.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 28-sentabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahrining Sergeli tumanida “Inter Logistics” kompaniyasi omborida kuchli portlash sodir bo‘ldi.
Portlash poytaxt aeroporti faoliyatiga ta’sir qilmadi. Avvalroq, portlash episentri qanday ko‘rinishda ekani ma’lum qilingandi.