Toshkentdagi omborda kuchli portlash

Sergelidagi portlash bo‘yicha Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi

Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi.
Sputnik
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Sergelidagi omborxonada sodir bo‘lgan favqulodda hodisani o‘rganish, ko‘rilgan talafotlarni bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.
Eng so‘nggi tezkor xabarlar, foto, video bizning (lotin/kirill). Obuna bo‘ling, tezkor xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.
Ta’kidlanishicha, komissiya tomonidan hududda olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 28-sentabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahrining Sergeli tumanida “Inter Logistics” kompaniyasi omborida kuchli portlash sodir bo‘ldi.
SSV xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlarning umumiy soni 163 nafarni tashkil etmoqda. 2006-yilda tug‘ilgan bir nafar o‘smir bola voqea joyida vafot etgan.