Rossiya mehnat migrantlarini yollashning umumiy mexanizmini ishlab chiqmoqda

Rossiya IIV Sog‘liqni saqlash, Ta’lim va Mehnat vazirliklari bilan birgalikda umumlashtirilgan yondashuv ishlab chiqmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Rossiya MDH davlatlaridan mehnat migrantlari tashkillashtirilgan tartibda yollashning umumlashgan tizimini ishlab chiqmoqda, dedi Rossiya ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan MDH migratsiya organlari rahbarlari majlisida.
Gorovoyning aytishiga ko‘ra, Rossiya bosh vaziri mehnat migrantlarini tashkillashtirilgan tartibda yollash jarayonlarini maksimal darajada umumlashtirish vazifasini qo‘ygan.
"Bosh vazirimiz bu jarayonlarni maksimal darajada umumlashtirish vazifasini qo‘ydi. Biz migratsiya bo‘yicha bo‘lajak majlisda Sog‘liqni saqlash, Ta’lim va Mehnat vazirliklari bilan birgalikda ana shunday umumlashtirilgan yondashuv haqida hisobot beramiz", - dedi Gorovoy.
Gorovoy, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi 2021-yil kuzida O‘zbekiston fuqarolarni Rossiyaning qurilish va qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga tashkillashtirilgan tartibda ishga jalb qilish bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshirilganini esga oldi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkillashtirilgan tartibda ishga yollash masalalarida Rossiya Tojikiston bilan ham ishlamoqda va “ayrim masalalar” bo‘yicha Qozog‘iston tajribasini ham o‘zlashtirish niyatida.