TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Toshkentdagi portlash poytaxt aeroporti faoliyatiga ta’sir qilmadi. Bu haqda "Uzbekistan Airports" xabar berdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, 28-sentabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahrining Sergeli tumanida “Inter Logistics” kompaniyasi omborida kuchli portlash sodir bo‘lgan.
Voqea poytaxt aeroporti faoliyatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi. “Toshkent” xalqaro aeroporti cheklovlarsiz odatiy rejimda ishlamoqda.