O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda go‘sht mahsulotlari uchun yangi texnik reglament qabul qilindi

O‘zgartirishlar go‘sht va go‘sht mahsulotlarini markalashga ta’sir qiladi va ikki yil ichida kuchga kirishi kerak.
Sputnik
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (EIK) Kengashi Bojxona ittifoqining “Go‘sht va go‘sht mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risida”gi texnik reglamentiga o‘zgartirishlar kiritdi, deb xabar bermoqda YeIK matbuot xizmati.
O‘zgarishlar Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Ular go‘sht mahsulotlarining ozuqaviy qiymatini, ya’ni oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va kaloriyalar miqdorini ko‘rsatish talablariga ta’sir qiladi.
“Go‘sht mahsulotlari tabiiy kelib chiqishi jihatidan turli xil tarkibga ega bo‘lgani tufayli (oqsil va yog‘lar miqdori) ularni yagona standartga keltirish murakkab. Shu sababli ham bunday o‘zgarishlar joriy etish dolzarbdir", - deyiladi xabarda.
Yangi texnik reglamentlar go‘shtning ozuqaviy qiymat ko‘rsatkichlari to‘g‘ri aks ettirilganini nazorat qilish bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga yordam beradi. Masalan, mahsulot etiketkasida ko‘rsatilgan oqsil 20% gacha kam bo‘lishi, yog‘lar, uglevodlar va kaloriya miqdori esa etiketkada ko‘rstilganidan 20% gacha ko‘p bo‘lishiga ruxsat beriladi.
Xuddi shu kabi standartlar parranda go‘shtiga nisbatan allaqachon (2021 yilda) tatbiq etilgan bo‘lib, ularo 2023-yilning birinchi yanvaridan kuchga kirgan edi.
Yangi qaror yangi talablarga muammosiz o‘tish uchun 24 oyni nazarda tutadi. Texnik reglamentlar belgilangan tartibda a’zo davlatlar bilan kelishiladi.