Dunyo bozoridagi G‘arb ustunligi asta-sekin nihoyalanmoqda – ekspert

Vitaliy Mankevichning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiyot o‘sishining qariyb 70 foizi “global Janub” mamlakatlarida shakllanmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. G‘arb dunyo bozorida yaqqol o‘z mavqeyini qo‘ldan boy bermoqda, uning ustungini asta-sekin barham topmoqda. Bu haqda Rossiya-Osiyo sanoatchilari va tadbirkorlari ittifoqi raisi Vitaliy Mankevich ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiyot o‘sishining qariyb 70 foizi Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari kiruvchi “global Janub” mamlakatlarida shakllanmoqda.
“Bu mamlakatlar o‘n yillar davomida Vashington va Brussel tomonidan doimiy bo‘lib kelayotgan do‘q-po‘pisalardan charchagan va hozir o‘zlari ko‘proq mustaqil harakat qilishmoqda”, - dedi Mankevich RIA Novosti bilan suhbatda.
Ekspert aksariyat “global Janub” davlatlari Rossiyaga do‘st ekaniga e’tibor qaratdi.
“Bizga faqat 40 ta mamlakat sanksiya e’lon qildi. Sayyoraning uchdan ikki qismi avvalgiday Rossiya bilan yaxshi aloqalarda. Ular barcha qit’alardan. Bu Xitoy, Hindiston, Braziliya, Argentina, Misr, Efiopiya, Eron, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari...”, - deya xulosa qildi iqtisodchi.