Xitoylik ekspert Rossiya Ukraina uchun qishga nima tayyorlaganini taxmin qildi

Harbiy kuzatuvchi: Moskva kuz va qishda dushman infratuzilmasiga hujumlar jadalligini oshirishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Uzoq masofali qanotli raketalarga ega Rossiyaning Su-34 front bombardimonchilari qishda Ukrainaga bosimni oshiradi. Bu haqda Xitoy milliy radiosi (CNR) sharhlovchisi Song Bo ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

"Su-34 strategik o‘q-dorilarni uchirishga qodir dunyodagi birinchi qiruvchi-bombardimonchi bo‘ldi", - dedi u.

Harbiy kuzatuvchi Shao Yunlin Su-34 va qanotli raketalarning “kombinatsiyasi” Rossiyaning uzoq masofalarga zarba berish qobiliyatini kengaytiradi va nishonlarni aniqroq urish imkonini beradi deb hisoblaydi.

“Rossiya tomonidan qabul qilingan qadamlar dushman havo hujumidan mudofaa tizimiga bosimni oshirishga qaratilgan. Moskva kuz va qishda dushman infratuzilmasiga hujumlar jadalligini oshirishi mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi Shao Yunlin.

Ekspertning fikricha, bunday qaror Ukrainadagi vaziyatni yanada yomonlashtiradi.