Ulug‘bek Rashitov Osiyo o‘yinlarida oltin medalga ega chiqdi — foto

Ulug‘bek Rashitov Osiyo o‘yinlarida iordaniyalik Karim Zaidni mag‘lubiyatga uchratdi.
Sputnik
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Ulug‘bek Rashitov Xanchjouda o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Ulug‘bek Rashitov (-68 kg) Osiyo o‘yinlaridagi taekvondo bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ulug‘bek Rashitov Osiyo o‘yinlarida iordaniyalik Karim Zaidni mag‘lubiyatga uchratdi.
U iordaniyalik Karim Zaidni mag‘lubiyatga uchratib delegatsiyaga navbatdagi oltin medalni taqdim qildi.
1 / 3
2 / 3
3 / 3
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 22 medal bilan umumiy turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlari 23-sentabrda boshlangan va u 8-oktabrga qadar Xitoyning Xanchjou shahrida davom etadi.