Bugun Toshkentning ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi — manzillar

Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Sputnik
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Bugun Sergeli va Bektemir tumanlarining ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" shahar filiali xabar berdi.
Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida poytaxtning ayrim tumanlaridagi MFYlarning qator ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Sergeli tumani: "Habibiy" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Bektemir tumani: "Gulbog‘" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.