TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Toshkentlik xalqaro hakam qilichbozlik bo‘yicha dunyoning eng kuchli hakamlari uchtaligiga kiritildi, deya xabar berdi poytaxt hokimligi.
Toshkentlik xalqaro hakam Dilorom Turdikulova qilichbozlik xalqaro federatsiyasi — FIE’ning qaroriga asosan dunyoning eng kuchli hakamlari uchtaligiga kiritildi.
Xitoyda Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoa vakillari ham mamlakat sharafini himoya qilishmoqda.
Shu bilan birga, mazkur tadbir doirasidagi musobaqalarda Dilorom Turdikulova final bahslarda hakamlik qilmoqda.
“Quvonarlisi shundaki, uning xalqaro toifadagi professional hakamlik darajasi FIE tomonidan yuqori baholanib, qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha eng kuchli hakamlarning uchtalik tarkibiga kiritildi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonlik qilichboz Dilnaz Murtazayeva XIX Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritdi va Osiyo o‘yinlarida shohsupaga ko‘tarilgan birinchi o‘zbekistonlik qilichbozga aylandi.