TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Talabalarga 5 ta qisqa metrajli film yaratishlari uchun 750 mln so‘m mablag‘ taqdim etildi. Bu haqda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Vazirlik hamda Toshkent shahridagi S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filiali bilan hamkorlikda suratga olinadigan 5 ta qisqa metrajli filml uchun ssenariylar tanlovi g‘oliblarini mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov Toshkent shahridagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti talabalari uchun o‘tkazildi.
Talabalarga 5 ta qisqa metrajli film yaratishlari uchun 750 mln so‘m mablag‘ taqdim etildi
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy respubliki Uzbekistan
“Tanlovga 15 ta ssenariy kelib tushgan bo‘lib, shundan 14 tasi tanlovda ishtirok etib, loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimot natijalariga ko‘ra hakamlar hay’ati tomonidan 5 ta qisqa metrajli film ssenariysi g‘olib topildi”, — deyiladi xabarda.
G‘olib qisqa metrajli filmlar ssenariysi.
Umid Ro‘ziboyev - “Konduktor”;
Baxtiyor Fattohov - “Xiyonat”;
Bahrom Musurmonov - “Xram VGIK”;
Mo‘min Tursunov - “Bezori”;
Sanjar Murodshayxov - “Kimono”.
Vazirlik tomonidan 5 ta qisqa metrajli filmlar ishlab chiqarish uchun 750 mln so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, har bir g‘olib talabaga 150 mln so‘mlik sertifikatlar topshirildi.