O‘zbekiston Xanchjouda “Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi”da ishtirok etmoqda

Xalqaro tadbir dunyoga mashhur Ipak muzeyida o‘tkazilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘zbekiston Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilayotgan XIX Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlangan "Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi"da ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
Xalqaro tadbir dunyoga mashhur Ipak muzeyida o‘tkazilmoqda.
“Xalqaro tadbirning dunyoga mashhur Ipak muzeyida o‘tkazilayotgani biz uchun ayniqsa qadrli. Chunki, hunarmandchilikning ushbu yo‘nalishi mamlakatlarimizni kamida uch ming yillik tarixi bilan birlashtirib turadi. Ipak bilan savdo qilingan davrlarda bizni qalin diplomatik munosabatlar, madaniyat va texnologiyalar almashinuvi yanada yaqinlashtirdi. Bu esa Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab o‘zaro taraqqiyot va iqtisodiy farovonlikka xizmat qilgan. An’analarimiz va asosiy qadriyatlarimiz o‘xshashligi ham balki shundandir”, - deb yozadi Mirziyoyeva.
Ma’lumot uchun, 23-sentabr - 8-oktabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari o‘tkazilmoqda.